9-May— g’alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mehnat faxriylari, keksa nuroniy qariyalarning holidan xabar olish maqsadida Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hodimi M.Eshamatova tomonidan 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab, Urganch tumani o’rta do’rman mahallasida yashovchi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi, mehnat faxriysi Bahodir Bekchanov bilan suhbat qurildi. Suhbat davomida otaxon hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati, shogirdlari to’g’risida so’zlab o’tdi. Bugungi uchrashuv hodimlarda maroqli va unitilmas xotira bo’lib qoldi. Xulosa qilib aytganda, “Yurt yuragida yashagan inson o’chmas iz qoldiradi” degan hikmat bejiz aytilmagan. Har birimiz shunday iz qoldirishga harakat qilaylikki, kelajak avlod bizdan faxrlansin, bizni yodga olganda g’ururlansin.