Xotira shundayki, u millat tarixi, o’zligi, madaniyat va ma’naviyatini o’zida mujassam etadi. Qadr esa insonni yuksaklikka ko’tarib, qalblarni quvonchga to’ldiradi.
9-may – «Xotira va qadrlash kuni» oldidan Urganch tumani axborot-kutubxona markazi jamoasi va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat unversiteti «Filologiya va san’at» fakulteti, filologiya va tillarni o’qitish, o’zbek tili ta’lim yo’nalishi talabalari bilan birgalida Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan faxriylar va o’tganlarni xotirlash maqsadida Urganch shahridagi Xotira maydoniga sayohat uyishtirildi. So’ngra talabalar tomonidan motamsaro ona haykali poyiga gullar qo’yilib, hurmat bajo keltirildi.