«Ma’rifatli ayol — jamiyat saodati»


💫 Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch davlat unversiteti «Filologiya va san’at» fakulteti talabalari ishtirokida «Ma’rifatli ayol — jamiyat saodati» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Unda Urganch tumani «Oltin ko’l» mfy «Oqila ayollar» jamoasi a’zosi Anabibi Matsapayeva mehon sifatida taklif etildi. Tadbir davomida ko’p yillik hayotiy tajribalarga ega oqila ayol talaba-yoshlarga, oila mustahkamligi uchun har bir ayol-qiz o‘z mas’uliyatini anglashi, farzand tarbiyasida ayollarni roli kattaligi, oilaviy munosabatlar madaniyatini oshirish, yosh oilalarga, oila farovonligi ayollarga bog’liq bo’lishi, haqida so’zladi. Ayniqsa, mehmonlar qizlarni mahoratlari, har xil yo’nalishlarda erishgan yutuqlari namoyishi, ibratli sahna ko’rinishlari va havaskor qizlar tomonidan chiroyli raqslardan bahramand bo’lishdi.