«Ulli hovli»- turkmanlarning davrlar osha o’tib kelayotgan qadimiy qal’asidir.

Urganchdan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan Ulli hovli qadimiy qal’asi bugungi kunda sayyohlik majmuasiga aylangan.
Xusussan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo’linmasi, Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hamkorlikda «Kitobxonlar klubi» a’zolari bilan Urganch tumanida joylashgan «Ulli hovli» tarixiy majmuasiga sayohat uyushtirildi. Sayohat jarayonida asrlar osha bizga meros bo’lib kelayotgan tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishildi.

XVII asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on saqlanib qolgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.Yigirma o‘rinli mehmonxona qurildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Hozirda devor bilan o‘ralgan qalʼa ikki xalq madaniyatini o‘rganishni istagan har bir kishi uchun doimo ochiq