1-IYUN — XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI
🌈Bu sana tarixi 1925-yilga borib taqaladi. O‘sha yilda turli davlatlar ishtirokida Jyenevada ilk marta bolalar farovonligiga bag‘ishlab xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Bundan tashqari, BMT tomonidan belgilangan 20-noyabr sanasi ham Xalqaro bolalar kuni hisoblanadi. Ayrim davlatlarda bolalar kuni emas, bolalar haftaligi tarzida ham nishonlanadi.
Ushbu sana munosabati bilan Urganch tumani axborot kutubxona markazi tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabi bilan birgalikda «Barkamol avlod yulduzlari» deb nomlangan bellashuv bo’lib o’tdi. Unda o’quvchi-yoshlar o’zaro bellashdilar. Bellashuvning shartlari maqollarni davom ettirish, topishmoq va mentalniy arifmetiklardan savol javoblar bo’ldi. Shuningdek, g’olib bo’lgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi. Tadbir so’nggida markaz xodimi ishtirokchilarga, zafarlar tilagan holda, kelgusida mamlakatimizni yuksak pog’onalarga olib chiqishlarida muvoffaqiyat tiladi.