Urganch tumani axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati xodimlari «Ertaksevar bolajon» loyihasi doirasida jajji bolajonlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida ertalabdan Urganch tumanidagi «Nexus» xususiy maktabiga tashrif buyurildi. Unda markaz xodimi M.Eshamatova tomonidan o’quvchilariga markazda yaratilgan qulayliklar, kutubxonadan foydalanish qoidalari va yozgi ta’tilda bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun yangi loyihalari tanishtirib o’tildi. Tashrif jarayonida ertak kitoblar ko’rgazmasi tashkil etilib, ertaksevar bolajonlar bilan ertakterapiya o’yinlari o’tkazildi. Shuningdek, yangi ertak kitoblar mazmuni qisqacha tushuntirib o’tildi, va qiziqarli savol-javob viktorina o’yinlari o’tkazildi.
