«Yoz sayyorasidagi mutolaa»

Yozgi mavsumida Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan «Yoz sayyorasidagi mutolaa» mavzusida bolalar uchun qiziqarli o’yinlar tashkil etildi. Unda mahorat darslari, boshqotirmalar yechish, ertak qahramonlarini topish, kim chaqqon va kvest o’yinlari, rasmlar chizish kabi o’yinlar o’tkazildi. Shuningdek, bolajonlar o’zlariga yoqqan ertak qahramonlarini rasmlarni chizib, o’z ijodiy ishlarini kutubxonaga sovg’a qilishdi. Bunday tadbirlar yosh avlodni kitobsevar qilib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Aziz bolajonlar Urganch tumani axborot-kutubxona markazida bu kabi yozgi lagerlar va tadbirlar davom etmoqda, barchangizni kutub qolamiz.