🕊Urganch tumani axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’ratgan qishloq xo’jaligi xodimi Shakarjon Xo’janiyozova tavalludining 70 yilligiga bag’ishlangan «Matonatli ayol» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda tuman «Oqila ayollar» harakati a’zolar va Urganch davlat universiteti talabalari ishtirok etishdi.
✨Tadbir davomida Urganch tumani hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i S.Xudayberganova ishtirok etib, bu kabi el-yurt ravnaqi yo’lida fidoyilik bilan xizmat qilgan ulug’ insonlarni xotirlash, ularning ezgu amallarni eslash, yosh avlodga yetkazish eng xayrli ishlardan biri ekanligini ta’kidlab, Shakarjon Xo’janiyozova haqidagi xotiralarini esga oldilar. Ayniqsa, bugungi uchrashuvda Shakarjon Xo’janiyozova haqida iliq va samimiy fikrlar, uning viloyatimiz ravnaqiga qo’shgan hissasi, insoniy fazilatlari to’g’risida atroflicha so’z yuritildi.