Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «Kitobxon Ona» loyihasi doirasida kitobxonlik targ’iboti tadbiri o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Urganch tumani «Oltin ko’l» mahalla fuqarolar yig’ni faollari va Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hamkorligida «Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz» mavzusida navbatdagi kitobxonlik targ’iboti tadbiri bo’lib o’tdi. Unda Urganch tumani «Oqila ayollar» harakati a’zolari maslahat kengashining tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda, oilada ayolning o’rni muhimligi va ayollani ma’naviy boyligini oshiruvchi kitoblarning mazmun-mohiyati yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.