«Uch avlod uchrashuvi»

Ko’p yillardan beri Urganch tumani axborot-kutubxona markazida an’anaviy tadbirlardan biriga aylangan tarix, bugun va kelajakni o’zida mujassam etgan «Uch avlod uchrashuvi» talaba-yoshlar ishtirokida, tuman «Nuroniy» jamg’armasining faol nuroniylari bilan o’zgacha ruhda tashkil etildi. Unda «Nuroniy» jamg’armasi rahbari Jumanazar Bobojonov so’zi avvalida, bunday uchrashuvlardan asosiy maqsadimiz, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni xalqimizning ko’p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash hamda yoshlarda shukronalik xissini shakllantirishga katta e’tibor qaratishimiz lozimligini takidlab o’tdi. Shuningdek, Urganch tumani Ko’p tarmoqli markaziy poliknika «Voleoloq» vrachi S. Madrahimov yuqumli kasalliklarni salbiy oqibatlari, to’g’ri ovqatlanish va inson organizmi uchun foydali bo’lgan mahsulotlar haqida tavsiyalar berdi. Bugungi uchrashuv nuroniylar hayotiy pand-nasihatlari yoshlar uchun yuksak ma’naviy tarbiya bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.