Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari va Urganch davlat unversiteti «Filologiya va san’at» fakulteti talabalari ishtirokida «Giyohvandlik-umr zavoli» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Urganch tumani Ko’p tarmoqli markaziy poliknika «Voleoloq» vrachi Sa’dulla Madrahimov, giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga qarshi kurashish salbiy oqibatlari, mamlakatlarning ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy istiqbollariga va butun bashariyat taraqqiyotiga jiddiy tahdid solishi mumkinligi haqida ma’lumotlar berib, talaba-yoshlarni ogohlikka chaqirdi.
💉Har yili 26-iyun sanasi dunyo bo‘ylab giyohvandlik va noqonuniy moddalar savdosiga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana 1987-yilda BMT tomonidan belgilangan bo‘lib, insoniyatni tobora chuqurlashayotgan muammoga qarshi birlashishga chorlaydi.