«Buyuk ma’rifatparvarlar»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch davlat universiteti Kimyo fakulteti talabalari ishtirokida jadid ma’rifatparvarlariga bag’ishlangan «Kitoblar taqdimoti» o’tkazildi. Suhbat jarayonida talabalar tomonidan; Jadidchilik dastlab, XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga kelgan, XIX asrning 90-yillaridan O’rta Osiyoda tarqalgan, jadidchilik avval madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritilgan bo’lib, bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni o’rganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilinganligi taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin bo’lgan. Bugungi suhbatda jadid namoyondalari asarlari va shunga o’xshagan qiziqarli ma’lumotlar aytib o’tildi.