O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi — mamlakatimiz davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. G’ururimiz va iftixorimiz timsoli bo’lgan davlat Gerbining 33 yilligi nishonlanmoqda.
Bugun Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimi tumandagi «Barkamol avlod» bolalar ijodiyot maktabining «Yosh musavvirlar» to’garak a’zolari bilan «O’zbekiston gerbi – milliy birdamlik ramzi» deb nomlangan davra suxbati tashkil etildi. Markaz xodimi tomonidan Davlatimiz Gerbi to’g’risida yosh musavvirlarga ma’lumotlar berib o’tdi. Shuningdek, yosh musavvirlar davlat Gerbi rasmini chiroyli qilib tasvirlashdi.
