#Dolzarb_90_kun
«Ozbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosatini 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch tumani oila va xotin-qizlar bo’limi faollari va markaz xodimlari ishtirokida «Kitobxon Ona ma’naviyatli oila sohibasi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida, Urganch tumani hokimi o’rinbosari Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i S.Ataboyevna so’zi avvalida, inson tinch va farovon yashashni istasa, bir qancha harakatlarni amalga oshirishi kerakligi, kitobxonlik orqali sohalarda erishilayotgan yutuq va imkoniyatlar va ko’p kitob o’qishlari kerakligi, ona vatanimizga kerakli ilmli farzandlarni tarbiyalab, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida turli adabiyotlarni mutolaa qilib, farzandlarimizga namuna bo’laylik deb ta’kidladi. Shuningdek, bugungi jarayonda fikr-mulohazalar tinglandi oldinda qilinadigan ishlar rejalashtirilib olindi.