Yong’in xavfsizligi qoidalari

🧯Urganch tumani axborot-kutubxona markazida favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Urganch tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi mutaxassislari va markaz xodimlari ishtirok etishdi. Unda mutaxassislar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabr kunidagi «Yong’in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi 649-sonli qarori  va O’zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentyabrdagi O’RQ-226 «Yong‘in xavfsizligi to’g’risida»gi qonunini mazmun mohiyati hamda o’t o’chruvchi moslamalaridan foydalanish qoidalari tinglovchilarga tushuntirildi.