»Ustoz» kutubxonasi kitobxonlar uchun o’z eshiklarini ochdi.

Yangi barpo qilingan »Ustoz» kutubxonasi kitobxonlar uchun o’z eshiklarini ochdi.

Urganch shahri markazida tadbirkor Quvondiq Abdullayev yana bir xususiy kutubxonasini xalq xizmatiga topshirdi.
Ochilish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari S.Salayev, Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, olim va professorlar, shoir va yozuvchilar, Urganch tumani axborot-kutubxona markazi rahbari M.Yusupova va jamoasi hamda kitobxon yoshlar ishtirok qildilar.

Yig’ilganlar 50 mingdan ortiq kitob fondiga ega mazkur kutubxona yoshlarning eng sevimli manziliga aylanishini, ajdodlarimizdek buyuk avlodlarni tarbiyalashda kutubxonaning o’rni beqiyos ekanini ta’kidladilar.

Mazkur kutubxona Q.Abdullayevning Urganch shahridagi ochilgan ikkinchi kutubxonasi bo’lib, birinchi kutubxonasi allaqachon yoshlar bilan to’la.

Barcha kitobxonlarga zavqli mutolaa tilaymiz.