«Buyuklar haqida 100 ta dalil»

Buyuklar haqida 100 ta dalil
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi, Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hamkorlikda Urganch tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari ishtirokida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan nashr etilgan «Buyuklar haqida 100 ta dalil» kitobining taqdimoti o’tkazildi.Taqdimot davomida G.Jabborova bugungi kunda butun dunyoda yurtimiz allomalarining bebaho merosiga bo’lgan qiziqish kattaligi, xalqimiz azaldan jahonda sivilizatsiya va madaniyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo’shib kelayotganligi, buyuk alloma va mutafakkirlarning yutuqlari haqida so’z yuritar ekanmiz, eng avvalo ularning tarixiga nazar tashlashimiz lozimligini takidladi. Ayniqsa ushbu kitobcha 8 ta tilda nashr etilgan,10 nafar buyuk sarkardalar va allomalarimiz kiritilgan bo’lib, ular haqidagi ma’lumotlar qisqa, aniq va qiziqarli tarzda berilganligi barcha xodimlarda qiziqish uyg’otdi. Shuningdek FVB xodimlari kutubxonaga a’zo etilib, foydalanuvchi chiptasi tarqatildi