#Metodik_yordam

Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot – kutubxona markazi ilmiy metodika xizmati, bosh mutaxassislari Urganch tumani axborot-kutubxona markazi faoliyatini o’rganish va metodik yordam ko’rsatish maqsadida tashrif buyurdi. Unda markazning kutubxonachilik faoliyatini bir xilda olib borish va kutubxona fondini to’g’ri yuritish bo’yicha ma’lumotlar berildi. Markaz ish jarayoni bilan tanishib, xato va kamchiliklar o’rganilib, kuzatilgan kamchiliklar bo’yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, Bibliografiya xizmati tomonidan tuzilgan metodik qo’llanmalar yuzasidan taqdimotlar ko’rib chiqildi. Tayyorlangan qo’llanmalardagi xato va kamchiliklar tushuntirilib, mavzu bo’yicha bilimlar mustahkamlandi.