O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi “Umummilliy birdamlik festivali” Xorazm viloyatida boshlandi.
Festival doirasidagi ilk tadbirlar Urganch tumanidagi ULLI HOVLI majmuasida tashkil qilinib, majmuada “Birdamlik kubogi”, “Baxtli bolalik”, «Kitob marafoni» kabi loyihalar amalga oshirildi.
Shuningdek, o’zbek-turkman do’stlik uyida tumandagi turli millat vakillari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.