«Zakovatli yoshlar — yurt tayanchi»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi «Kitob va mutolaa haftaligi» doirasida «Kitobxonlar klubi» a’zolaridan 7-sinf o’quvchilari o’rtasida «O’yla izla top» deb nomlangan zakovat intelektual o’yini tashkil etildi. Jarayonda kitobxonlar ikkita jamoaga bo’lingan holda «Zukkolar» va «Bilimdonlar» o’zaro bellashdilar. Bugungi zakovat intellektul o’yinida, savollar badiiy adabiyotlar asosida tuzilgan bo’lib, juda qizg’in bahs-munozaralarga boy bo’lib o’tdi. Bellashuv natijalari markaz mutaxassislar tomonidan baxolanib borildi, o’quvchilar o’z bilim, salohiyatini yana bir bora sinab ko’rishdi. Shuningdek, markaz rahbari M.Yusupova so’zi avvalida, bunday tadbirlardan asosiy maqsadmiz, bizga kelajak avlodlarni kitob mutoalasi bilan shug’ullanish orqali yoshlar dunyoqarashni kengaytirish hamda yurt kelajagi uchun kitobsevar farzandlarni safini yanada kengaytirishimiz zarur deya, g’olib jamoa va faol qatnashgan o’quvchilarni kitob va esdalik sovg’alari bilan taqdirladi.