«Jadidlar jasorati — millatimiz faxri»
🪐Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxasisslari D.Satibaldiyeva va Z.Saidovalar Urganch davlat unversiteti Kimyo texnologiyalari fakulteti 1- bosqich talabalari bilan birgalikda «Jadidlar jasorati — millatimiz faxri» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida talabalarga faydalanishlari uchun sohasiga doir kitoblar yetkazilib, jadidlar va ularning g’oyaviy kurashlari, vatan ozodligi yo’lida jon fido etgan millat oydinlari, ularning milliy ozodlik g’oyalari, tarixi xususida so’z yuritildi. Shuningdek; yosh avlod vakillariga, yaratilayotgan imkoniyatlarning qadriga yetishi, hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun astoydil harakat qilish lozimligi, kasb-hunarlarni puxta egallashlari, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun kitoblar tavsiya etildi. Uchrashuv yakunida markazda yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi, talabalar kutubxonaga a’zo etilib, foydalanuvchi chiptasi tarqatildi.
