“Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!”

🕊Xalqaro qizlar kuni» — tinchlik va ezgulik ramzi!

«11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida Urganch tumani axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tmoqda.

Ayni paytda tadbirlar doirasida Urganch tumani 1-36-sonli maktabning o’quvchi-yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda «Oqila» ayollar faollari va xotin-qizlar mutaxassislari so’zi avvalida, kitobxonlik orqali sohalarda erishilayotgan yutuqlar, yurtimizda ayol-qizlarga yaratilayotgan imkoniyat va bugungi kunda ularning jamyatdagi o’rni haqida batafsil so’z yurtildi, o’quvchi-qizlar ham uchrashuvda faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Bugungi tadbir yoshlar tomonidan she’r, kuy-qo’shiqlar va chiroyli raqslar namoyishi barobarida davom etdi.