Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «O’zbek tiliga e’tibor va jadidlar» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida xodimlarning ish jarayonida O’zbek tilida to’g’ri yozish, imloviy xatolarsiz ish jarayonlarini olib borilishi muhokama qilindi. Bundan tashqari jadid namoyondalarining O’zbek tiliga qo’shgan hissasi haqida suhbatlashildi.
Milliy til — har bir xalqning tarixini, ma’naviy dunyosi va madaniyatini o‘zida mujassam etgan bebaho xazinadir. U millatimizning iftixori, xalqimizning birdamligi va mustaqil davlatchiligimizning mustahkam poydevoridir.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: “Davlat tili faqatgina soha mutaxassislarining emas, balki ko‘p millatli butun xalqimizning birgalikdagi sa’y-harakatlari, aql-zakovati, ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, vatanparvarlik fazilatlari bilan ravnaq topadi».

