«Til millatning ruhi»

#Ona_tilim_gururim_faxrim
Urganch tumani 36-sonli maktabda 21-oktabr O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan «Til millatning ruhi» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchi-yoshlar tomonidan tadbir mehmonlariga O’zbekiston Respublikasining Davlat tiliga oid turli ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari markaz hodimlari tomonidan davlat tiliga oid kitoblar taqdimoti o’tkazildi. O’quvchi-yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan sahna ko’rinishlar, raqs va kuy-qo’shiqlar tadbir mehmonlariga yuqori kayfiyat ulashdi.