«Xalqiga baxshida umr» hamda «Ma’rifatparvar fidoiy inson» nomli devoriy rasmli ko’rgazma tashkil etildi.

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Matnazar Abdulhakim, Shakarjon Xo’janiyozova hayoti va ijodiga bag’ishlangan «Xalqiga baxshida umr» hamda «Ma’rifatparvar fidoiy inson» nomli devoriy rasmli ko’rgazma tashkil etildi.

Ma’lumot uchun:
Shakarjon Xo‘janiyozova 1955-yilda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 2017-yil 25-yanvaridan boshlab viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Xorazm viloyati hokimining tashkiliy, iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, shuningdek, Bog‘ot tuman hokimi lavozimida mehnat qilgan. Xo‘janiyozova xonim ish faoliyatini 1977-yil Bog‘ot tuman jamoa xo‘jaligi hisobchiligidan boshlagan bo‘lib, keyinchalik tumandagi 6-sonli o‘rta hunar-texnika bilim yurti direktori o‘rinbosari, so‘ngra direktori bo‘lib ishlagan. U 1998-yili “Mehnat shuhrati” ordeni, 2004-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
Shakarjon Xo’janiyozova Yusupovna 2017 yil 27 oktabrda 63 yoshida vafot etgan.

Matnazar Abdulhakim shoir, tarjimon, adabiyotshunos. U 1948-yilning 20-fevralida Urganch tumanidagi Qorovul qishlogida otasi Abdulhakim, onasi Toxtajon oilasida tug’ilgan.
U Hamid Olimjon va Djerzinskiy nomli maktablarda tahsil olgan.1967-yilda Rossiyadagi Taganrog davlat pedogogika institutining filologiya fakultetiga oqishga kirib uni 1972-yilda muvoffaqiyatli bitkazdi. Shundan song Urganch tuman roznomasida xizmat qildi, harbiy xizmatda boldi, qishloq maktabida oqituvchi bolib ishladi. 1982-1997-yillarda Ozbekiston yozuvchilar uyishmasining viloyat bolimida adabiy maslahatchisi 1997-yildan umrining oxirigacha Xorazm Mamun akademiyasida ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bordi. Samarali mehnatlari uchun Matnazar Abdulhakim ” Ozbekiston respublikasi faxriy yorligi” bilan taqdirlangan. Unga Ozbekiston respublikasida xizmat korsatgan “madaniyat xodimi” 1996-yilda faxriy unvoni berilgan. 2002-yilda “Yilning eng yaxshi shoiri” nominatsiyasi boyicha “Ofarin” mukofotiga sozovor bolgan. Shoir 2010-yil 18-sentabrda 63 yoshida vafot etgan.