«Mehnat faxriylari-el ardog’ida»

Bugun Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «INFOLIB_O’ZBEKISTON_2025» XIV Milliy kitobxonlik haftaligi doirasida «Mehnat faxriylari-el ardog’ida» deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda talaba-yoshlar va o’quvchilar tomonidan aytilgan she’r, kuy-qo’shiqlar kelgan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda Urganch tumani «Nuroniy» jamg’armasi faxriylari, 15-38-sonli maktab o’qituvchi va o’quvchilari va tuman madaniyat bo’limi xonandalari mehmon bo’lishdi.

Tadbir so’nggida markaz direktori M.Yusupova barcha ishtirokchilarga o’z minnatdorchiligini bildirib, kitobxonlik haftaligida faol ishtirok etgan ustoz va murabbiylar, o’quvchilar va makaz xodimlarini faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirladi. Tadbir fayzli va yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi.