Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari, «Kitobxonlar klubi» a’zolari bilan birgalikda muhim tarixiy manzillardan biri «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyiga sayohat qilishdi.
Muzey direktori Y.Rahmonova talabalarni muzey bilan yaqindan tanishtirib, ma’ruza qildi. Unda o’tmishda xalqimiz boshidan kechirgan og’ir sinovlar, sovet totalitar tuzumining zulmi va bu yillar davomida xalqimiz ko’rsatgan matonat haqida so’z yuritildi. Muzey eksponatlari orqali talabalar qatag‘on yillari, begunoh mahkum etilgan minglab ziyolilar, adiblar, olimlar va millat fidoyilarining hayoti hamda faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Bu kabi tashabbuslar, albatta, yoshlarimizni vatanparvar, ongli va tarixiy haqiqatlarga befarq bo’lmagan avlod sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

