Milliy liboslar kuni — milliy g’urur namoyishi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Milliy liboslar kuni keng nishonlanmoqda.

Milliy liboslar — xalqimizning qadimiy tarixidan darak beruvchi, o’zligimizni ifodalovchi, milliy g’urur va ma’naviyatimiz timsoli sifatida e’zozlanadi.
Ayniqsa, kutubxona bo’ylab rang-barang liboslar, ko’tarinki kayfiyat va milliy qadriyatlarga boy muhit hukm surmoqda. Hamda talaba-yoshlar ushbu jarayonda faol ishtirok etib, milliy kiyimlar orqali xalqimiz madaniy merosini targ’ib qilmoqda.