Urganch tumani axborot-kutubxona markazida xodimlar o‘rtasida huquqiy bilim va tushunchalarni oshirish maqsadida «Huquqiy savodxonlik» oyligi doirasida navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Urganch tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Matyaqubov ishtirok etib, kutubxona jamoasi bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarning o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi, shuningdek, profilaktika ishlarining samaradorligi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Unda, A.Matyaqubov xodimlarga kundalik hayotda, ish faoliyatida va fuqarolar bilan ishlash jarayonida uchrab turadigan huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Uchrashuv davomida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, jinoyatchilikning oldini olish, ma’muriy javobgarlik, yoshlar bilan ishlash, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish va axborot xavfsizligi kabi mavzularda batafsil javob oldilar.
Shu kabi uchrashuvlar, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, jamiyatdagi huquqiy muhitni mustahkamlash hamda jinoyatlarning oldini olish borasida hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.

