“Bir asar tarixi”

Urganch davlat universiteti Kimyo texnologiyalari fakultetida Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Bir asar tarixi” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda fakultet talabalari faol ishtirok etdilar.
Davra suhbatining asosiy maqsadi, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, badiiy va ilmiy asarlarning yaratilish tarixi, muallif hayoti hamda asarning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida kengroq tushuncha berishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida tanlangan asar misolida uning yozilish jarayoni, tarixiy sharoiti, g‘oyaviy-badiiy ahamiyati hamda bugungi kundagi dolzarbligi atroflicha muhokama qilindi.
Unda, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan asar tahlili olib borilib, talabalarga mustaqil o‘qish, tanqidiy fikrlash va kitob bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Davra suhbati jarayonida talabalar o‘z fikr-mulohazalari, savol va takliflari bilan faol qatnashib, asar mazmuni yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar olib bordilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi.