Sevimli kitobim — mening tanlovim!

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Urganch tumani 38-sonli maktabining 4–5-sinf o‘quvchilari va faol kitobxonlar ishtirokida «Sevimli kitobim — mening tanlovim» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir interaktiv shaklda o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘qigan kitoblari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar, sevimli asarlaridan qisqacha sahna ko’rinishlari ijro etildi. Ayniqsa, savol-javoblar, qiziqarli musobaqalar va badiiy o‘qishlar tadbirga yanada jonlilik bag‘ishladi.

Tadbir yakunida, markaz rahbari M.Atabayevna faol qatnashgan o‘quvchilarga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar topshirdi hamda ularni kutubxona xizmatlaridan muntazam foydalanishlari uchun o’z tavsiya va takliflarni keltirib o’tdi.