Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Urganch tumani hokimligi va Agra banki ishchi-xodimlariga kutubxona xizmati ko‘rsatildi. Tashrif davomida tashkilot xodimlari va doimiy foydalanuvchilarga muddatli topshirilgan kitoblar qaytarib olinib, ularning o‘rniga yangi va mazmunli adabiyotlar taqdim etildi. Bu esa kitob fondidan samarali foydalanish hamda ishchi-xodimlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda.
Shuningdek, tashrif doirasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda o’zbek va jahon adabiyotiga mansub badiiy, ma’rifiy hamda ilmiy-ommabop asarlar namoyish etildi. Ko’rgazma ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otib, ularni mutolaaga kengroq jalb etishga xizmat qildi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan maqsad xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa jarayonini qo‘llab-quvvatlash hamda kutubxona xizmatlarini joyida taqdim etishdan iboratdir.

