«Bir adib haqida suhbat»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida adabiy davra suhbati tashkil etildi.
Urganch tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida taniqli bolalar yozuvchisi Xudayberdi To‘xtaboyevning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Urganch shahar “Ko‘zi ojizlar kutubxonasi” mutaxassisi S. Ramatova mehmon sifatida ishtirok etib, yozuvchining adabiyotimizdagi o‘rni, bolalar adabiyotiga qo‘shgan bebaho hissasi hamda uning asarlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Xudayberdi To‘xtaboyev ijodidagi ezgulik, halollik, do‘stlik va vatanparvarlik g‘oyalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida “Kitobxonlar klubi” a’zolari yozuvchining mashhur asarlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. Tadbir kitobxonlarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, yosh avlodni kitob mutolaasiga keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.