Urganch tumani axborot-kutubxona markazida jajji bolajonlarga bayram kayfiyati ulashish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli o‘yinlar, quvnoq she’rlar hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Kutubxona xodimlari tomonidan bolalarga yoshiga mos, rang-barang va qiziqarli savollar tayyorlandi. Shuningdek, bayram doirasida bolajonlar faol ishtirok etib, turli savol-javoblar, viktorinalar va ijodiy mashg‘ulotlarda qatnashdilar. Faol qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir bolalarga quvonch, shodlik va ko‘tarinki kayfiyat baxsh etmoqda.

