🎄Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hamda Urganch RANCH texnologiya universiteti hamkorligida Yangi yil bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet talabalari, professor-o‘qituvchilar hamda kutubxona xodimlari faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalarga Yangi yil bayramining kelib chiqish tarixi, uning turli xalqlar madaniyatidagi o‘rni va nishonlanish an’analari, shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati haqida keng tushuncha berishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida talabalar tomonidan Yangi yil bayrami tarixi va mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, bayramona ruhda tayyorlangan sahna ko‘rinishlari hamda madaniy chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, qiziqarli, hazilomus savollarga talabalarning faol ishtiroki tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, qorbobo sovg’alariga ega bo’lishdi. Tadbir yakunida talabalar Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘zaro samimiy tilaklar bildirishdi.

