Yangi yil sarguzashtlari

Yangi yil — bolalarning eng sevimli bayramlaridan biri. Shu kunlarda maktab va bog‘chalarda o‘tkaziladigan tadbirlar nafaqat bolalarni xursand qiladi, balki ularning ijodiy fikrlashi, ishonchi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.
Bayram munosabati bilan Axborot-kutubxona markazi, Urganch tumani 4-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligida «Yangi yil sarguzashtlari» nomli tadbir tashkil etildi. Unda, bolalar ijrosida yangi yilga oid qo’shiqlar, she’r va raqslar namoyish etildi. Bolalarning ijodiy chiqishlari barchaga bayram kayfiyatini bag’ishladi. Ayniqsa, bolalarga qorbobo ulashgan bir-biridan ajoyib sovg‘alar, archa atrofidagi shodiyonalar ularni behad mamnun etdi.