MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTI YO‘LIDA YANGI SAHIFALAR OCHILMOQDA

Bugungi Prezidentimiz tomonidan yo’llangan Murojaatnoma bilan tanishib, unda ilgari surilgan fikr va vazifalarni juda muhim va dolzarb deb hisoblaymiz.
Murojaatnomada belgilangan ma’naviyat, ta’lim, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash va axborot-kutubxona markazlari faoliyatini zamon talablariga moslashtirish masalalari biz, kutubxona xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Ayniqsa, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholining bilim va ma’naviy saviyasini oshirish, raqamli texnologiyalar asosida kutubxona xizmatlarini takomillashtirish borasidagi vazifalar mening kelgusi faoliyatimda ustuvor yo’nalish bo’lib xizmat qiladi. Murojaatnomada belgilangan maqsadlar kutubxona tizimini rivojlantirish, yosh avlodni bilimli, ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda muhim dasturiamal bo’lib hisoblanadi.

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi o’z navbatida, ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlashda bor bilim va tajribamizni safarbar etib, jamoa bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib borishga tayyormiz.

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Saidova Zilola Ozodovna