🇺🇿Urganch tumani axborot-kutubxona markazida xodimlar ishtirokida navbatdagi ishchi majlis bo‘lib o‘tdi. Majlis davomida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusi yilga mo‘ljallangan ish rejalari, axborot-kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar, innovatsion g‘oyalar va loyihalar mutaxassislarga yuklatildi. Har bir bo‘lim kesimida aniq vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Majlis doirasida xodimlar mamlakatimiz rahbari tomonidan yo‘llangan Murojaatnoma mazmun-mohiyati bilan ham tanishdilar. Unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari hamda davlat tashkilotlari oldiga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mazkur majlis xodimlarning mas’uliyatini oshirish, kelgusidagi faoliyatni puxta rejalashtirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

