«Onalar mutolaasi — barkamol avlod garovi»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan har oyda an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan «Kitobxon ona» loyihasi doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida bugungi manzilimiz Urganch tumani “Arboblar” va “Ravot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi kitobxon onaxonlar bo‘ldi.

Uchrashuv davomida onaxonlarga kutubxona fondidagi badiiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar tanishtirildi, ularga kutubxona xizmati ko‘rsatildi hamda mutolaa madaniyatini oshirishga qaratilgan suhbatlar tashkil etildi. Ushbu loyiha orqali keksalar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va ularning ma’naviy olamini boyitish maqsad qilingan.