Urganch tumani axborot-kutubxona markazi abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi
D. Matchanova tomonidan kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida jadid bobolarimiz xotirasiga bag’ishlangan «Jadidlar merosi — bugun va kelajak» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida jadidlarning millat ravnaqi yo‘lida olib borgan fidokorona faoliyati, ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, ilm-fan va ta’lim sohasidagi xizmatlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Unda, o’quvchilar Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori Abdurashidxonov kabi jadid bobolarimizning hayoti va ijodi yuzasidan ma’lumotlar keltirishdi. Suhbat davomida kutubxona fondidan joy olgan jadidlar hayoti va merosiga bag‘ishlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, kitobxonlarga tavsiyalar berildi.
Davra suhbati yoshlar va kitobxonlarda milliy ong, tarixiy xotira va kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

