Ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri foydalanish

Urganch tumani axborot-kutubxona markazining Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan o‘quvchi-yoshlar hamda markaz xodimlari uchun muntazam ravishda kompyuter savodxonligi to‘garaklari tashkil etib kelinmoqda.

To‘garak mashg‘ulotlari davomida xodimlarga quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar beriladi.
Kompyuterning asosiy tuzilishi va ishlash prinsiplari, Windows operatsion tizimida ishlash asoslari, Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint) bilan ishlash, Internet tarmog‘idan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, Elektron pochta va onlayn xizmatlardan foydalanish qoidalari tushuntirib o’tildi.
Mashg‘ulotlar nazariy va amaliy shaklda olib borildi.

Mazkur to‘garaklar yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning kelajak kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish hamda xodimlarning ish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.