«Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun»

Davlat xizmatchilari o’rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida Urganch tuman axborot-kutubxona markazida aholi, ayniqsa davlat xizmatchilarini ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Unda, Urganch tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari faol ishtirok etib, «Ma’naviyat soati» ning 5-soni mazmunan boy va tarbiyaviy ahamiyatga ega ruhda o’tkazildi.

Uchrashuv davomida Favqulodda vaziyatlar bo’limi ishtirokida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag’ishlangan «G’azal mulkining sultoni» nomli adabiy kecha bilan davom etdi. Adabiy kechada markaz mutaxassislari tomonidan Navoiyning hayoti va ijodi haqida ma’ruzalar qilindi. Bu kecha orqali ishtirokchilar buyuk bobokalonimizning boy ma’naviy merosi bilan yanada yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida markazi hamda Favqulodda vaziyatlar bo’limi o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuv, profilaktik targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish, yoshlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, kabi yo‘nalishlarda kelgusidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi, hamkorlik kelgusida yanada ko‘plab foydali loyihalar va uchrashuvlarni amalga oshirishga zamin yaratadi.