«So’z mulkining sultoni»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan «So‘z mulkining sultoni» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Urganch tumani hokimi maslahatchisi Sh. Ramanova, “Ko‘zi ojizlar kutubxonasi” mutaxassisi S. Ramatova, 38-sonli maktab direktori Z.Kurbanboyeva hamda faol kitobxonlar mehmon sifatida ishtirok etdilar. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan Navoiyning o‘zbek mumtoz adabiyotidagi beqiyos o‘rni, uning boy ma’naviy meros, hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar, hikmatli so‘zlari, g‘azallaridan namunalar namunalar keltirildi. Shuningdek, kitobxonlar tomonidan Navoiy ijodidan sahna ko‘rinishlari hamda she’riy chiqishlar namoyish etildi.
Xususan, mehmonlar buyuk shoir asarlarida insoniylik, mehr-oqibat, ilmga intilish va komillikka chorlov g‘oyalari mujassam ekanini ta’kidlab, yosh avlodni Navoiy merosini chuqur o‘rganishga undadilar. Ayniqsa, Sh. Ramanova o‘z nutqida Navoiy asarlarining bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini alohida qayd etdi.
Tadbir yakunida markazi rahbari M. Yusupova so‘zga chiqib, o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. U o‘z nutqida Mir Alisher Navoiyning boy adabiy merosi yosh avlodni komil inson bo‘lib voyaga yetishida muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, bunday adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim omil bo’lib xizmat qilishini qayd etdi. Shuningdek, tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda faol ishtirok etgan o’qituvchi-murabbiylar, kitobxonlar hamda chiqish qilgan o‘quvchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi. Tadbirda faol qatnashgan bir guruh ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Bu esa yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, kelgusida ham shunday ma’rifiy tadbirlarda yanada faol bo‘lishga undadi. barchada milliy adabiyotimizga, buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirdi.