Urganch tumani axborot-kutubxona markazida buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan mushoira kechasi tashkil etildi. Tadbirda Urganch shahar “Oqila ayollar” faollari, kitobxon-yoshlar faol ishtirok etdilar. Kechada Boburning hayoti va ijodi, xususan uning mashhur asari «Boburnoma» haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Xususan, ishtirokchilar tomonidan shoirning g‘azal, ruboiylaridan namunalar keltirildi va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shuningdek, «Ayollarni e’zozlash» oyligi doirasida tadbirlar davom etdi. Tadbirga Urganch tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari S. Xudayberganova mehmon sifatida taklif etilib, o‘z nutqida bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Unda, tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar o‘zgacha fayz va shukuh bag‘ishladi.

