Buyuk siymolar

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hamda 36-sonli maktab hamkorligida kitobxon yoshlar ishtirokida buyuk shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Bobur g‘azal va ruboiylaridan namunalar keltirilib, sahna ko‘rinishlari raqslar namoyish etildi. Unda, mutaxassislar tomonidan Boburning serqirra hayoti va boy ijodiy merosi haqida ma’lumot berildi. Ayniqsa, kitob ko‘rgazmasi tashkil qilinib, Bobur hayoti va ijodiga oid adabiyotlar keng targ‘ib qilindi. Tadbirda Urganch tumani hokimi maslahatchisi Sh. Ramanova so‘zga chiqib, buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan ekanini ta’kidladi. U o‘z nutqida Bobur shaxsiyati yoshlar uchun ibrat maktabi ekanini alohida qayd etdi hamda tadbir tashkiotchilariga minnatdorlik bildirdi.