Urganch tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining iste’dodli vakili, xalqimizning sevimli adibi Matnazar Abdulhakim tavalludining 78 yilligi munosabati bilan kitobxon o‘quvchilar ishtirokida adabiy kecha tashkil etildi. Unda, markaz mutaxassislari tomonidan adibning hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi va ko’rgazmalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar yozuvchining «Tanlangan asarlar» nomli she’riy kitoblari bilan yaqindan tanishtirildi. Jumladan, o‘quvchilar tomonidan adib ijodidan parchalar o‘qildi, uning asarlarida ilgari surilgan vatanparvarlik, insoniylik va ezgulik g‘oyalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

