«Ona siymosi mehr manbai»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida «Ona siymosi mehr manbai» mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Unda, o‘quvchi-qizlar onalar siymosini madh etuvchi ijodiy ishlar rasmlar chizish orqali o‘z iste’dod va tasavvurlarini namoyon etdilar. Jarayonda ishtirokchilar ona mehrini, ayolning jamiyat va oila hayotidagi o‘rnini tasvirlashga harakat qildilar. Chizilgan rasmlarda mehr-muhabbat, sadoqat, sabr-toqat kabi fazilatlar o‘z ifodasini topdi.

🫟Suhbat davomida markaz mutaxassislari tomonidan ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatdagi beqiyos o‘rni haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga ayollar mavzusiga oid badiiy adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasining ma’naviy kamolotdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Suhbat yakunida o‘quvchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazma tarzida namoyish qilindi.

Mazkur tadbir yosh avlod qalbida ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.