Urganch tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan «Ayollarni e’zozlash» oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tashriflar tashkil etilmoqda. Xususan, Urganch tumani “Arboblar” hamda “Mevazor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi kitobxon onaxonlar holidan xabar olinib, ular bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ayollarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning ma’naviy qo‘llab-quvvatlashini ta’minlash hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat. Suhbat davomida onaxonlarning hayotiy tajribasi, oila tarbiyasidagi o‘rni, yoshlar ma’naviyatini shakllantirishdagi beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ularga badiiy adabiyotlar tavsiya etilib, markaz tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bu kabi tashriflardan, ayol qadri, uning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini yuksaltirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlarni davom ettirish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

