«Ayollarni e’zozlash» oyligi doirasida «Mehr maktubi» tanlovi tashkil etildi.

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «Ayollarni e’zozlash» oyligi doirasida kitobxon o‘quvchilar ishtirokida «Mehr maktubi» mavzusida tanlov tashkil etildi. Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod qalbida onaga, opa-singillarga hamda yaqin insonlarga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish, ularni e’zozlash hamda mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

✍️Tanlov shartiga ko‘ra, barcha ishtirokchilar o‘z onalariga yoki yaqin insonlariga minnatdorchilik bildirgan holda mehr va samimiyatga yo‘g‘rilgan maktub yozishlari belgilandi. O‘quvchilar tomonidan yozilgan maktublarda ota-onaga bo‘lgan cheksiz muhabbat, ehtirom va samimiy tilaklar o‘z ifodasini topdi. Tadbir davomida eng mazmunli va ta’sirli maktublar saralanib, faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.