«Jadid adabiyoti namoyondalari»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-sonli “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hamda 38-sonli maktabi hamkorligida 8-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Jadid adabiyoti namoyondalari” mavzusida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Unda, maktabning 8″B»-sinfining «Abdulla Avloniy» va 8″D»-sinfining «Abdulla Qodiriy» jamoalari 3 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. Tanlov davomida o‘quvchilar o‘zbek jadid adabiyotining yirik namoyondalari siymolarini gavdalantirgan holda, asarlari asosida sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, ma’rifatparvar adiblarning hayoti va ijodi yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o’tkazdilar. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o’quvchilar markaz tomonidan taqdirlandi.

Ushbu kitobxonlik tanlovi yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.